Telefonga qarab metro relsiga yiqilgan yigit 20 000 rubl jarima to‘laydi
Moskvada bir yigit «Krasnoselskaya» bekatida (Sokolnicheskaya liniyasi) telefoniga qarab, metro poyezdi relsiga yiqilib tushdi. Aksiga olib poyezd ham yaqinlashib qolgan. Poyezd haydovchisining hushyorligi tufayli fojianing oldi olindi. Elektropoyezd yiqilgan odamga juda yaqin joyda to‘xtashga ulgurdi. Moskva metropoliten polisiya boshqarmasining 1-politsiya bo‘limi politsiyasi darhol voqea joyiga yetib keldi.
Yigit tepaga tortib olinganidan so‘ng uni politsiya bo‘limiga olib borishdi va u yerda bayonnoma tuzishdi. Ayblov transport xavfsizligi talablarini buzish (Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksining 11.15.1-moddasi 3-qismi) bo‘yicha qo‘zg‘atildi. Sud 20 000 rubl miqdorida jarima soldi.
Politsiya erkakka metro poyezdi tezda to‘xtay olmasligini, tormoz yo‘li o‘nlab metrni tashkil qilishini tushuntirdi. Haydovchi relsga tushgan odamni ko‘rsa ham, o‘z vaqtida to‘xtay olmasligi mumkin.
Moskva metro polisiyasi boshqarmasi metroda hushyor bo‘lish va platforma chetiga yaqin turmaslikni eslatmoqda.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!