Rossiyadan 6000 migrant chiqarib yuboriladi: reydlar va taqiqlar
Rossiya hukumati mart oyida politsiya, Rossiya Milliy gvardiyasi va Federal xavfsizlik xizmati (FSB) tomonidan o‘tkazilgan reydlardan so‘ng taxminan 6000 chet el fuqarosini deportatsiya qilishni buyurdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volk ma’lum qilgan. Shu bilan birga, 7700 migrantga Rossiyaga kirish taqiqlandi.
"Reydlar davomida qariyb 1000 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi, qidiruvda bo‘lgan 138 kishi topildi. 48 000 dan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik aniqlandi. 26 000 dan ortiq chet el fuqarosi javobgarlikka tortildi va 24 000 kishiga majburiy barmoq izlari va fotosuratga olish protseduralari amalga oshirildi", deb ma’lum qilgan u Max messenjerida.
Volk huquqni muhofaza qilish organlari noqonuniy migratsiyani aniqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini kuchaytirganini qo‘shimcha qilgan. Bozorlar, omborlar, sanoat zonalari va chet el fuqarolarining turar joylarida reydlar o‘tkazilmoqda. Jami 130 000 ta mulk tekshirildi.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!