Patentni qayta rasmiylashtirish — chegarasiz uzaytirish tartibi
⌛ Rossiyada ishlayotgan xorijliklar uchun patentni uzaytirish tartibi ko‘pchilikni qiziqtiradigan masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, chegaradan chiqmasdan necha marta patentni qayta rasmiylashtirish mumkinligi borasida turli fikrlar uchraydi.
✍️ Mutaxassislar ta’kidlashicha, qonunchilikdagi o‘zgarishlar yangi emas. 2020-yil 5-maydan boshlab patentni chegaradan chiqmasdan cheklovsiz miqdorda qayta rasmiylashtirish mumkin. Bu degani, migrant patent muddati tugaganidan so‘ng uni yana bir yilga uzaytirish uchun mamlakatni tark etishi shart emas.
📇 Patentni qayta rasmiylashtirish uchun fuqaro Migratsiya markaziga bir qator hujjatlar bilan murojaat qilishi kerak. Ular qatoriga pasport, amaldagi patent, migratsiya kartasi, so‘nggi 12 oy uchun to‘langan soliq to‘lovlari cheklari, «xodataystvo» — ish beruvchining iltimosnomasi hamda mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma kiradi.
❗ Muhim jihat — hujjatlarni o‘z vaqtida topshirish. Qonunga ko‘ra, patentni qayta rasmiylashtirish uchun murojaatni uning amal qilish muddati tugashidan kamida 20 kun oldin amalga oshirish lozim.
Shuningdek, ish beruvchining iltimosnomasi majburiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Uning namunaviy shakllari yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun alohida tayyorlangan bo‘lib, rasmiy manbalarda joylashtirilgan.
Mutaxassislar migrantlarga patent muddatini kuzatib borish va hujjatlarni oldindan tayyorlashni tavsiya etadi. Bu ortiqcha muammolarning oldini olish va ish faoliyatini uzluksiz davom ettirish imkonini beradi.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!