4853 узбекистанца среди 13 000 мигрантов в войне: статистика и риски
«Ukraina-Markaziy Osiyo» loyihasi taslim bo‘lish masalalari bilan shug‘ullanadigan «Хочу жить» tashkiloti ma’lumotlariga tayanib, Ukraina va Rossiyadagi urushda 13 000 Markaziy Osiyolik jang qilayotganini yozgan.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 12 666 kishining shaxsi aniqlangan. Ularning ichida 4853 nafar O‘zbekistondan, Tojikistondan 3407, Qozog‘istondan 2389, Qirg‘izistondan 1439 va Turkmanistondan 578 fuqaro bor.
Markaziy Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida chet eldagi urushda ishtirok etish jinoyat hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda odatda uch yildan besh yilgacha qamoq jazosi beriladi.
Migrantlar ko‘pincha og‘ir janglar bo‘layotgan eng xavfli hududlarga yuboriladi.
Migrantlarning o‘zlaridan ham Rossiyada armiya bilan tuzgan shartnomalarini tahdid yoki bosim orqali imzolashga majbur qilinishi haqida shikoyatlar bor. Bundan tashqari, 2025-yilda Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Rossiya pasportiga ega bo‘lgan taxminan 80 000 migrant tekshiruvdan o‘tkazilishini va taxminan 20 000 kishi urushga jo‘natilishini aytgan edi.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!