Peterburgdan 4000 dan ortiq migrant deportatsiya qilindi
📊 Sankt-Peterburg sud pristavlari shahardan 4 mingdan ortiq chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni majburiy ravishda chiqarib yuborgan.
📄 Yil boshidan beri Pulkovo aeroportidagi chegara nazorati migratsiya qoidalarini buzgan 4 mingdan ortiq kishini aniqladi. Sudlar bu odamlarni Rossiyaga kirish yoki boʻlish rejimini buzganlik uchun KoAPning 18.8 moddasi boʻyicha ma'muriy javobgarlikka tortdi. Qonunni eng koʻp buzganlar — Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari.
💬 Shuningdek, shahardan chiqarib yuborilganlar orasida Ozarbayjon, Pokiston, Nigeriya, Livan, Iordaniya, Sudan va Braziliya fuqarolari ham bor.
⚖️ Taqqoslash uchun, butun 2025-yil davomida sudlar qarori bilan mamlakatdan 8 mingdan ortiq migrant chiqarib yuborilgan edi.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!