Orenburgda migrantlarga hujum qilgan o‘smirlar sudlandi
Orenburgda 15 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bir guruh o‘smirlar ustidan muhojirlarga hujum qilganlikda ayblanib hukm chiqarildi.
Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘z harakatlarini oldindan rejalashtirib, shahar ko‘chalariga migrantlarni qidirish uchun chiqishgan. Bir hodisada ular besh nafar migrantga hujum qilib, ularni kaltaklagan.
Bir necha kundan keyin ular to‘rt nafar chet ellik fuqaroni ta’qib qilgan. Ulardan birida to‘pponcha bo‘lib, undan migrantlarga qarata o‘q uzgan. O‘qlardan biri muhojir erkakning yelkasiga tekkan.
Jabrlanuvchilar yotoqxonada yashirinishga uringan. Biroq, hujumchilardan biri kirish eshigi oynasini tepib sindirgan. Keyin o‘smirlar qochib ketishdi.
Guruh a’zolariga qarshi bezorilik moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sud ularni 1 yil 2 oydan 2 yil 6 oygacha qamoq jazosiga hukm qildi. Ular jazoni axloq tuzatish muassasasida o‘taydi.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!
@migrantuz