Moskvada o‘smir firibgar kuryerlarga 16 million berib yubordi ▪️ 2026-yil 18-may kuni Moskvada firibgarlar 17 yoshli o‘smirni chuv tushirdi.
▪️ 2026-yil 18-may kuni Moskvada firibgarlar 17 yoshli o‘smirni chuv tushirdi. Jinoyatchilar unga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini «domofon xizmati xodimlari» deb tanishtirgan. Ular yigitdan SMS kodni bilib olishganidan keyin uni Gosuslugi portali buzib kirilgani bilan qo‘rqitishgan.
💬 Firibgarlar u go‘yoki taqiqlangan faoliyatni moliyalashtirayotganini aytgan. Oxirida o‘smir «deklaratsiya qilish uchun» barcha oilaviy boyliklarni berishga ko‘ngan. O‘smir Yazikovskiy tor ko‘chasidagi uydan naqd pullar va zargarlik buyumlarini jinoyatchilarga bergan.
🪙 Shuningdek, u otasining Trujenikov tor ko‘chasidagi uyidan 6 million rubldan qimmatroq bo‘lgan qo‘l soatlarini ham olib kelgan. Firibgarlar qo‘lga kiritgan boylikning umumiy miqdori 16 million rubldan oshib ketgan. Polisiya videokameralar yordamida ikki nafar ayolni qo‘lga oldi.
📊 Birinchi 29 yoshli yigitdan qimmatbaho buyumlarni olib ketgan ayol Maresev ko‘chasida ushlandi. Dolgoprudniy shahridan kelgan 21 yoshli ikkinchi firibgar ayol buyumlarni lombardga topshirishga ulgurgani aniqlandi. U pullarni kriptovalyutaga almashtirib, o‘z boshliqlariga yuborgan. Hozirda politsiya ularga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Tergovchilar ushbu guruh tashkilotchilarini ham qidirmoqda.