Tovuq fabrikasidagi janjaldan so'ng 16 kishi hibsga olindi Kecha, 16-may kuni Leningrad viloyatidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari tergov hibsxo…
Kecha, 16-may kuni Leningrad viloyatidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari tergov hibsxonasiga yuborilgani ma'lum bo'ldi. Sankt-Peterburgning Kuybishev tuman sudi qo'lga olingan 16 kishi bo'yicha qaror chiqardi. Mushtlashuvning o'zi 12-may seshanba kuni «Sinyavinskaya» parrandachilik fabrikasi hududida sodir bo'lgan edi.
Janjalda O'zbekiston va Hindiston fuqarolari qatnashgan. Bahs paytida odamlar tayoqlar, bolg'alar va boltalardan foydalangan. Buning oqibatida o'nlab odamlar jarohatlandi.
Janjalni bostirish uchun politsiya, OMON va Rosgvardiya yetib keldi. Sudda odamlarni hibsga olish bo'yicha jami 28 material o'rganib chiqildi. 12 holatda odamlarning mushtlashuvda qatnashgani isbotlanmagani uchun sud tergovga rad javobini berdi. Qolgan qo'lga olinganlarga Jinoyat kodeksining 213-moddasi 2-qismi bilan bezorilik bo'yicha ayblov qo'yildi.
Endi ular kamida 2 oy hibsda saqlanadi. Yuz bergan voqeaning asosiy sababi sifatida oddiy tushunmovchilik va til to'sig'i aytilmoqda. Ish bo'yicha tergov davom etmoqda.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!