«Tez pul topish» tuzog'iga ilinmaslik yo‘li Rossiyada hibsda bo‘lgan vatandoshlarimizning qariyb 60 foizi aynan giyohvand moddalar savdosi yoki ularni…
Rossiyada hibsda bo‘lgan vatandoshlarimizning qariyb 60 foizi aynan giyohvand moddalar savdosi yoki ularni olib o‘tishda ayblanayotganini bilasizmi? Eng achinarlisi, ular orasida "tez va oson pul topaman" deb aldanib qolgan muhojir ayollar va yoshlar juda ko‘p.
Qanday aldashadi?
Firibgarlar psixologlardek ishlaydi. Ular sizga "yengil ish", "yuqori daromad" va "oddiygina kuryerlik (dostavka)" va’da qilishadi. Ko‘pincha ish beruvchining yuzini ham ko‘rmaysiz, hamma gap telefon orqali bo‘ladi. "Bir marta ishlab, tezroq pul topib, uyga qaytaman" degan xomxayol insonni halokatga yetaklaydi.
Rossiya Jinoyat kodeksining 228-moddasi — bu haqiqiy huquqiy sirtmoq. Narkokuryerlik uchun beriladigan 10 yillik qamoq muddatini to‘liq o‘tashga majbursiz. Hozirda bu jazoni O‘zbekistonga kelib o‘tash bo‘yicha kelishuvlar hali kuchga kirmagan.
Aziz vatandoshlar, hushyor bo‘ling! Hech qachon pasportingizni birovga bermang. "Kelaver, ish topamiz" degan shubhali va’dalarga ishonmang, faqat rasmiy shartnoma bilan ishlang. Esingizda bo‘lsin: hech qanday pul sizning erkinligingiz va oilangiz tinchligiga arzimaydi.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!