🎶 “Gʻamgin qo‘shiqlar” oshxonasi 📇 Rossiyadagi bir kafeda ishlaydigan o‘zbek ayollar faqat g‘amgin qo‘shiqlar eshitar ekan.
📇 Rossiyadagi bir kafeda ishlaydigan o‘zbek ayollar faqat g‘amgin qo‘shiqlar eshitar ekan. Egasi bo‘lgan rossiyalik ayol ertalab ishga kelib, shu musiqani eshitishi bilan barcha qarzlari, kreditlari, sobiq eri, o‘lib ketganlar, qisqasi, butun og‘ir hayotini eslashini aytadi.
✍️ Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerdagi muhit shunchalik mahzunki, hatto oshxona fartugi ham bunga dosh berolmay, g‘amginlikdan yirtilib ketgan emish.
Ha, oshpazning ko‘z yoshlari piyozdan emas, balki g‘amgin musiqadan bo‘lsa kerak.
Hazildan tashqari aytadigan bo‘lsak, musofirlik, Vatandan uzoq bo‘lish dilga g‘amginlik, hazinlik olib kirishi aniq.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, muhojirning pleylistida quvnoq qo‘shiqdan ko‘ra, dardli qo‘shiqlar ko‘proq uchraydi. Chunki musofir odam kulib yursa ham, yuragining bir chekkasida doim sog‘inch yashaydi.
❓ Hamma o'zbeklar ishlaydigan kafe-oshxonalarda shundaymi?
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!