Ijara firibgarligidan qanday himoyalanish kerak?
«Rossiyada bir kechada beshta muhojir qiz ko‘chada qoldi! Na puli bor, na boradigan joyi.»
✍️ Bu shunchaki qo‘rqinchli hikoya emas, bu Rossiyadagi ijara firibgarligining achchiq haqiqati.
📊 Eng ko‘p tarqalgan tuzoq: firibgarlar kvartiralarni bir sutkaga ijaraga oladi va o‘zlarini «uy egasi» deb tanishtirib, sizga bir oyga ijaraga berishadi. Ikki oylik pulni olib, g‘oyib bo‘lishadi. Bir necha kundan keyin esa haqiqiy uy egasi kelib, sizni haydab chiqaradi.
❓ Nima uchun muhojirlar politsiyaga borishmaydi? Chunki 95 foizining hujjatlari joyida emas! Agar patentingiz yoki registratsiyangiz bo‘lmasa, firibgarlar sizni bemalol qo‘rqitishi mumkin.
🤔 Xo‘sh, aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak?
⚠️ Naqd pul bermang! Pulni kartadan kartaga o‘tkazing va izohda «ijara uchun» deb yozing.
🔍 Hujjatlarni tekshiring. Uy egasining pasporti va Rosreyestrdan ma’lumotlarni solishtiring.
🖥️ Avito yoki Yuladagi raqamlarni internetdan qidirib ko‘ring, balki ular yuzlab e’lonlarda ishlatilgandir.
❗ Eng muhimi: Hujjatlaringizni (patent, registratsiya) doim taxt qilib yuring. Shundagina sizni qonun himoya qila oladi.
⚠️ Ogoh bo‘ling! Bitta xato sizni ko‘chada qoldirishi mumkin. Ushbu videoni yaqinlaringizga yuboring, ular ham aldanib qolishmasin!
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
📲 https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!