𝗠𝗶𝗴𝗿𝗮𝘁𝘀𝗶𝘆𝗮 𝗸𝗮𝗿𝘁𝗮𝗹𝗮𝗿𝗶𝗻𝗶 𝗯𝗲𝗸𝗼𝗿 𝗾𝗶𝗹𝗶𝘀𝗵 𝘁𝗮𝗸𝗹𝗶𝗳 𝗾𝗶𝗹𝗶𝗻𝗺𝗼𝗾𝗱𝗮 Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorijiy fuqarolar uchun qog‘oz migratsiya kartalarini bekor qilis…
Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorijiy fuqarolar uchun qog‘oz migratsiya kartalarini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorladi. Hujjat normativ hujjatlar portalida joylashtirilgan.
Vazirlik bunday kartalar eskirgan va ularni raqamli vositalar bilan almashtirish kerak, deb hisoblaydi. Qog‘oz shakllar o‘rniga elektron kirish bildirishnomalari — «uvedomleniye» va biometrik ma’lumotlar taklif qilinmoqda.
Tizim bir nechta elementlarga asoslanishi rejalashtirilgan: chegara o‘tish joylarida biometrik ma’lumotlarni to‘plash, oldindan kirish «uvedomleniye”si uchun RuID mobil ilovasidan foydalanish va yagona raqamli migrant profilini yaratish. Ushbu profil kirish va chiqish ma’lumotlarini, migratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa ma’lumotlarni saqlaydi.
Xabarlarga ko‘ra, Vladimir Putin 2025-yilda bunday tizimni yaratishni buyurgan. Raqamli profil 2026-yil o‘rtalariga kelib ishga tushirilishi kutilmoqda. Tizimlar yakunlangandan va xalqaro masalalar muvofiqlashtirilgandan so‘ng — taxminan 2028-yilga kelib — migratsiya kartalaridan to‘liq voz kechish rejalashtirilgan.
Mutaxassislarning fikricha, ushbu yangilik xorijiy fuqarolar uchun proseduralarni soddalashtirishi mumkin, ammo biometrik ma’lumotlar va raqamli ma’lumotlardan foydalanish orqali ularning mamlakatda bo‘lishlari ustidan nazoratni kuchaytiradi.