Moskva avtobusida buryat ayolni haqorat qilish: millatchilik hodisasi
📝 Moskvada transportda bo‘lgan mojaro etnik tajovuz nafaqat migrantlarga qarshi qaratilganligini ko‘rsatdi.
📇 Avtobusdagi yo‘lovchilar buryatiyalik ayolga hujum qildi. Ular ayolning telefonda buryat tilida gaplashayotganidan g‘azablangan. Uni "churban" deb haqorat qilgan millatchilar unga "o‘z mamlakatida yashashi kerakligini" aytgan.
Ayol Buryatiya Rossiyaning bir qismi ekanligini va u ham Rossiya fuqarosi ekanligini tushuntirishga harakat qilgani bekor ketdi. Kamiga bir ayol uning yuziga musht tushirgan.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, avtobusdagi ba’zi yo‘lovchilar millatchilarni qo‘llab-quvvatlagan. Oxir-oqibat, u polisiyaga qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘ldi.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!