Patentni onlayn to‘lash: Migratsiya markazi veb-sayti orqali bosqichma-bosqich
Patentni onlayn to‘lash mumkinmi? Albatta, va bu tez va navbat kutmasdan amalga oshiriladi. Buning uchun Migratsiya markazining rasmiy veb-saytidan foydalanasiz.
To‘lov havolasi: https://mc.mos.ru/service/payment
Patentga onlayn to‘lov quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Havola orqali veb-saytga o‘ting.
2. Quyidagi ma’lumotlarni to‘ldiring:
— Patent seriyasi
— Patent raqami
— Familiya
— Ism
— Otangizning ismi.
3. Necha oy uchun to‘lov qilishni tanlang.
4. Tasdiqlash kodini kiriting.
5. «Оплатить» («To‘lash») tugmasini bosing.
Muhim ma’lumotlar:
— Bir vaqtning o‘zida bir necha oy uchun to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.
— Patent faqat to‘langan taqdirda amal qiladi.
— Agar o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirmasangiz, patent bekor qilinadi.
Ishlash huquqingizni yo‘qotmaslik uchun oldindan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!