Ulyanovskda poyezd ag‘darildi Ulyanovsk viloyatida temir yo‘l halokati sodir bo‘ldi. Bryandino stansiyasi yaqinida Mosk
Ulyanovsk viloyatida temir yo‘l halokati sodir bo‘ldi. Bryandino stansiyasi yaqinida Moskvadan Chelyabinskka ketayotgan 302-sonli yo‘lovchi poyezdining vagonlari relsdan chiqib ketdi.
Rossiya temir yo‘llari ma’lumotlariga ko‘ra, relsdan chiqib ketgan yettita vagondan oltitasi ag‘darilgan. Barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishining suyaklari singan, taxminan 20 yo‘lovchi, jumladan, bir bola turli jarohatlar olgan. Jarohatlanganlarning aniq soni aniqlanmoqda.
Chelyabinsk viloyati gubernatori Aleksey Tekslerning xabar berishicha, poyezdda mintaqaning 157 nafar aholisi bo‘lgan, ulardan 65 nafari bolalar.
Yo‘lovchilar Ulyanovsk markaziy stansiyasiga olib ketilib, u yerdagi tibbiy ko‘rik markazida zarur yordam ko‘rsatilmoqda.
Hodisadan so‘ng, Rossiya temir yo‘llari kompaniya bosh direktori Oleg Belozerov boshchiligidagi favqulodda vaziyatlar guruhini tuzdi. Ushbu uchastkada poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatildi va to‘rtta stansiyadan qutqaruv poyezdlari voqea joyiga jo‘natildi.
Tergov qo‘mitasi relsdan chiqib ketish holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Hodisa sababi o‘rganilmoqda.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz