Turkiyada qonuniy ishlaganlar Oʻzbekistonda pensiya olishlari mumkin boʻladi Turkiyada ishlash ruxsatnomasi asosida qo
Turkiyada ishlash ruxsatnomasi asosida qonuniy mehnat faoliyatini olib borayotgan Oʻzbekiston fuqarolari kelgusida pensiya olishlari mumkin.
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda Turkiya Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi vakillari o‘rtasida ikki davlat o‘rtasida pensiya ta’minoti sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar boshlandi.
Jamgʻarma matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur muzokaralarda ikki davlatda mehnat qilayotgan fuqarolarni pensiya ta’minotini o‘zaro kafolatlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Muzokaralar yakunida davlatlararo Bitim va anglashuv memorandumi loyihasini kelishib olish ko‘zda tutilgan.
A'zo bo'lish uchun 👉 https://max.ru/migrantuz